O‘zbekiston fuqarosi Qozog‘istondagi portlashda jarohatlandi

Foto: Qozog‘iston favqulodda vaziyatlar vazirligi
6 oktyabr kuni Mang‘istau viloyatida gaz va havo aralashmasining portlashi natijasida O‘zbekiston fuqarosi D.I. jarohat oldi. Bu haqda O‘zbekistonning Aqtau shahridagi (Qozog‘iston) Bosh konsulxonasi ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, u Beyneu tumani markaziy shifoxonasiga joylashtirildi. Uning sog‘ligi holati barqaror og‘ir deya baholanmoqda.
Bosh konsulxona tibbiyot muassasasi bilan aloqa o‘rnatdi hamda bemor hamyurtimizni O‘zbekistonga olib ketish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilishda uning yaqinlariga yordam bermoqda.
Konsullik-huquqiy departamenti Qozog‘istonning Aqto‘be, Atirau, Mang‘istau va G‘arbiy Qozog‘iston viloyatlari hududida bo‘lib turgan fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Aqtau shahridagi Bosh konsulxonasiga +7-29-277-71-17, +7-777-599-00-50, +7-777-599-00-51 telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!6 oktyabr kuni Mang‘istau viloyatida gaz va havo aralashmasining portlashi natijasida O‘zbekiston fuqarosi D.I. jarohat oldi. Bu haqda O‘zbekistonning Aqtau shahridagi (Qozog‘iston) Bosh konsulxonasi ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, u Beyneu tumani markaziy shifoxonasiga joylashtirildi. Uning sog‘ligi holati barqaror og‘ir deya baholanmoqda.
Bosh konsulxona tibbiyot muassasasi bilan aloqa o‘rnatdi hamda bemor hamyurtimizni O‘zbekistonga olib ketish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilishda uning yaqinlariga yordam bermoqda.
Konsullik-huquqiy departamenti Qozog‘istonning Aqto‘be, Atirau, Mang‘istau va G‘arbiy Qozog‘iston viloyatlari hududida bo‘lib turgan fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Aqtau shahridagi Bosh konsulxonasiga +7-29-277-71-17, +7-777-599-00-50, +7-777-599-00-51 telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













