Tramp Turkiyaning iqtisodini yer bilan bitta qilmoqchi

Tramp Turkiyaning iqtisodini yer bilan bitta qilmoqchi
AQSh prezidenti Donald Tramp Tvitterdagi sahifasida agar Anqara chegaradan o‘tadigan bo‘lsa, Turkiyaning iqtisodini yer bilan bitta qilishini aytdi.

Trampning bu tahdidi Turkiya Suriyaning shimolida o‘tkazishni rejalashtirayotgan harbiy operatsiya bilan bog‘liq. Vashington Anqaraning bu operatsiyasiga qarshi emas, ayni paytda uni qo‘llab-quvvatlamaydi ham. Biroq Tramp Turkiyaning muayyan doirada harakatlanishini istayotgan ko‘rinadi.

Shuningdek, Trampning da’vo qilishicha, AQSh IShIDga qarshi kurashda kutilganidan ham ko‘prog‘ini uddaladi. AQSh prezidenti “endi bu muammo bilan Yaqin Sharqdagi boy mamlakatlar shug‘ullansin”, demoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.