AQSH Saudiya Arabistoniga 3 ming nafar harbiy yubormoqchi

AQSH Saudiya Arabistoniga 3 ming nafar harbiy yubormoqchi
Foto: EPA
AQSH Mudofaa vazirligi Saudiya Arabistoniga qoʻshimcha harbiy kuchlar yuborilishini maʼqulladi. Bu haqda 11-oktyabr kuni CNN jurnalisti Rayan Braun Pentagonga tayanib, oʻzining Twitterʻida maʼlum qilgan.

“Qoʻshimcha kuch sifatida jami 3 ming nafar odam yuboriladi. Bunday qaror soʻnggi oy davomida tasdiqlangan. AQSH Eron rejimi bilan ziddiyatga bormoqchi emas, ammo biz mintaqada jiddiy harbiy kuchni saqlab qolamiz”, — deya harbiylar bayonotidan iqtibos keltirgan Braun.

Braun AQSH Mudofaa vaziri Mark Esper qirolikka 2 ta qiruvchi eskadrili, 1 ta (AEW) ekspeditsiya qanoti, 1 ta THAAD tizimi va 2 ta Patriot tizimi raketa batareyalarini yuborishga ruxsat berganini ham maʼlum qilgan.

Eslatib oʻtamiz, 11-oktyabr kuni Saudiya Arabistonining Jidda portiga yaqin hududda Eron neft tankeri portlagan edi. Portlash terrorchilar tomonidan amalga oshirilgan degan taxminlar mavjud, biroq bu borada rasmiy maʼlumot berilmagan.

14-sentyabrga oʻtar kechasi esa Saudiya Arabistonining milliy neft kompaniyasi — Saudi Aramco obyektlariga dronlar yordamida hujum uyushtirilib, portlash sodir boʻlgandi. AQSH hukumati ushbu hujumni Eron amalga oshirgan deb gumon qilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.