Ukrainada 218 prokuror ishdan bo‘shatiladigan bo‘ldi

Ukrainada 218 prokuror ishdan bo‘shatiladigan bo‘ldi
Foto: RIA \"Novosti\"
Ukraina bosh prokuraturasi attestatsiyadan o‘tish va prokuraturaning yangi organlarida ishlash haqida ariza topshirmagan 218 prokurorni bo‘shatadi. Bu haqda bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

“Ular bosh prokuror ofisiga o‘tkazilish uchun attestatsiya o‘tishdan o‘zlari bosh tortganlar. Ular qatoriga belgilangan shaklga muvofiq kelmaydigan ariza topshirgan prokurorlar ham kiradi. Ular qonunchilikka muvofiq ishdan bo‘shatiladilar”, deyilgan xabarda.

Shu bilan birga 11 mingdan ko‘proq prokuror (barcha prokurorlarning 96 foizi) belgilangan namunadagi arizani topshirgan.

25 sentyabrda Ukrainada bosh prokuraturani isloh qilish haqidagi qonun kuchga kirgan. Qonunda Maxsus aksilkorrupsion prokuraturadan tashqari, prokuraturaning qolgan xodimlarining qayta attestatsiyadan o‘tishi ko‘zda tutilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.