Pentagon gipertovushli raketa uchun qariyb milliard dollar ajratdi

Pentagon gipertovushli raketa uchun qariyb milliard dollar ajratdi
Lockheed Martin korporatsiyasi AQSH harbiy-havo kuchlari uchun yangi ARRW raketasini ishlab chiqish maqsadiga 988,8 million dollar oldi. Bu haqda Pentagon xabar berdi.

Raketani ishlab chiqish Orlando shahrida boshlanadi va 2022-yil 31-dekabrda nihoyasiga yetishi lozim.
Korporatsiya konstruksiya loyihasini ishlab chiqishi, sinovlar oʻtkazishi va raketani turkum ishlab chiqarishga tayyorlashi kerak boʻladi.

Lockheed Martin 2018-yildan buyon boshqa kompaniyalar bilan hamkorlikda ARRW gipertovushli raketasini ishlab chiqish ustida ish olib bormoqda. Oʻshanda ushbu maqsad uchun 480 million dollar ajratilgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.