“Brexit fanati” ekan

“Brexit fanati” ekan
Foto: “EADaily”
AQSH prezidenti Donald Tramp Britaniyadagi saylovlarni “chigallashtirish” niyati yoʻqligini, biroq Brexit hamda bosh vazir Boris Jonson tarafida ekanini taʼkidladi.

Oʻz navbatida, britan muxolifati Trampni siyosiy jarayon — mamlakatda 12-dekabrda oʻtkaziladigan umummilliy saylovlarga taʼsir oʻtkazishga urinishda aybladi.

Vaziyatni murakkablashtirishni xohlamayman. Koʻp insonlar uchun koʻp saylovlarni yutganman. Bu saylovlarga aralashmayman. Brexitning ashaddiy tarafdoriman, bunga chorlaganman ham. Men bir chetda kuzataman, xolos, biroq Boris juda layoqatli, oʻylashimcha, u buni uddalaydi”, — dedi Tramp NATO mamlakatlari yetakchilari sammiti oldidan Londonda qilgan chiqishida.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.