Afg‘oniston shimolida toliblar 40 nafar oqsoqolni o‘g‘irlab ketishdi

Afg‘oniston shimolida toliblar 40 nafar oqsoqolni o‘g‘irlab ketishdi
Foto: epa/vostock-photo
\"Tolibon\" harakati jangarilari Afg‘oniston shimolidagi Juzjon viloyati Fayzobod uyezdida 40 nafar oqsoqolni o‘g‘irlab ketishdi, deb xabar berdi Kun.uz nashri.
Xabarga ko‘ra, oqsoqollar mahalliy mudofaa otryadi komandirlaridan birining janoza marosimiga kelgan bo‘lgan.

Fayzobod uyezdi boshlig‘i Alaf Shoh Attay qariyalar qabilalar oqsoqollari bo‘lganini va kuch tuzilmalariga hech qanday aloqalari bo‘lmaganini ma’lum qildi.
Agentlikning qayd etishicha, mahalliy hokimiyat o‘g‘irlab ketilgan qariyalarni ozod qilish chorasini ko‘rmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.