Musulmon davlatlar Xitoy mahsulotlarini boykot qilishga chaqirilmoqda

Musulmon davlatlar Xitoy mahsulotlarini boykot qilishga chaqirilmoqda
Musulmon mamlakatlar Xitoy mahsulotlariga boykot e’lon qilishi kerak. Malayziyalik nufuzli islom huquqshunosi Mohd Asri bin Zaynulobidin ana shunday chaqiriq bilan chiqdi, deya xabar bermoqda Azon.uz nashri.
Huquqshunosning ta’kidlashicha, Xitoyning Sharqiy Turkiston (Shinjon) hududida kamida bir million uyg‘ur hibsda ushlab turilibdi.

Mohd Asri bin Zaynulobidin uyg‘ur xalqiga nisbatan zo‘ravonliklar va inson huquqlari buzilishlariga qarshi Pekinga ko‘proq iqtisodiy va diplomatik tazyiq o‘tkazilishi kerakligini aytmoqda.

«Hamkor musulmon davlatlarning Xitoy bilan tovar ayirboshlash hajmi bir necha trillion dollardan oshadi. Biz musulmon davlatlar bilan bu masalani yuqori darajada hal qilishni o‘rtaga qo‘yishimiz va ulamolar kengashi ham biror narsa deyishi kerak. Ular aka-uka, opa-singillarimiz-ku, axir», – deydi huquqshunos.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.