Putin Suriyaga bordi

Putin Suriyaga bordi
Mixail Klimentev/RIA «Novosti»
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Suriyaga tashrif buyurdi va Damashqda Suriya prezidenti Bashar Asad bilan uchrashdi.

RF prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Putin aeroportdan to‘g‘ri RF Qurolli kuchlari harbiylari joylashgan qo‘mondonlik punktiga yo‘l olgan, u yerda Putinni Asad qarshi olgan.

Davlatlar rahbarlari harbiylarning Suriyadagi holat haqidagi hisobotlarni tinglashgan.
Shundan so‘ng, ikki tomon delegatsiyalari muzokaralari boshlangan.

Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Putin Damashq ko‘chalarida tinch hayot tiklangani yaqqol ko‘rinib turganini e’tirof etgan.
Tashrif doirasida Putin Suriya hududidagi yana bir necha ob’ektga tashrif buyurishi rejalashtirilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.