Polsha AQSHdan F-35 samolyotlari sotib olmoqchi

Polsha AQSHdan F-35 samolyotlari sotib olmoqchi
Foto: REUTERS
Polsha hukumati yanvar oxirida AQSHdan 32 dona beshinchi avlod F-35 qiruvchi samolyotlarini sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Polsha milliy mudofaa vaziri Mariush Blashchak ma’lum qildi.

\"Biz muzokaralarni deyarli yakunladik. Shu oyda Qo‘shma Shtatlar bilan 32 dona F-35 – dunyodagi eng zamonaviy samolyotlarni sotib olish bo‘yicha shartnoma imzolaymiz\", - dedi u.
Aniq muddat to‘g‘risidagi savolga vazir \"yanvar oxirida\" deb javob qaytardi.

AQSH kongressi sentabrda Polshaga 32 dona F-35 qiruvchisini sotishga rozilik bergandi. Shartnoma qiymati 6,5 mlrd dollar deb baholanmoqda.
Bugungi kunda Polsha harbiy havo kuchlari 27 dona MiG-29, 48 dona F-16 va 18 dona Cu-22 qiruvchi samolyotlariga ega.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.