Xitoyda koronavirus tarqalganini yashirishga uringan mansabdorlar qidirilmoqda

Xitoyda koronavirus tarqalganini yashirishga uringan mansabdorlar qidirilmoqda
Foto: Reuters
Xitoyda koronavirus ilk bor aniqlanganda u haqda yashirib, kasallik tarqalishiga sabab bo‘lgan mansabdorlar qidirilmoqda. Bu haqda Reuters\'ga tayanib Daryo xabar berdi.

Xitoy Kommunistik partiyasi markaziy komissiyasi Xubey provinsiyasi rasmiylari epidemiya tarqalishiga ko‘z yumgan bo‘lishi mumkinligini gumon qilmoqda. Jumladan, ular koronavirus haqida ma’lumot tarqatgan shifokor Li Venlyanning ogohlantirishlarini e’tiborsiz qoldirgan.

Ma’lum bo‘lishicha, bugun, 7 fevral kuni, olamdan o‘tgan shifokor va uning 7 nafar hamkasbi mahalliy politsiya bo‘limiga chaqirtirilgan va tanbeh berilgan. Shuningdek, ulardan virus haqida boshqa ma’lumot tarqatmaslik to‘g‘risida majburiy yozma xat olingan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.