Erdo‘g‘an AQSHdan Patriot tizimlarini so‘radi

Erdo‘g‘an AQSHdan Patriot tizimlarini so‘radi
Foto: Anadolu
Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralardan keyin Turkiyaga qaytayotganda samolyotda jurnalistlarga ma’lum qilgan.
Avvalroq Turkiya AQSHdan Suriya bilan chegarasida Patriot zenit-raketa majmualarining ikkita batareyasini joylashtirishni so‘ragani ma’lum qilingan. Biroq Vashingtondan hali javob bo‘lmagan.

Erdo‘g‘an AQSH Turkiyaga Patriot majmualarini yetkazib berishiga umid qilmoqda.
Shu bilan birga, Turkiya “Vashingtonning e’tirozlariga qaramay”, Rossiyaning S-400 majmualarini qo‘llaydi.
Turkiya Rossiyadan S-400’ning barcha komponetlarini olib bo‘ldi. Tizimlar aprelda faollashtiriladi”, deb aytgan Erdo‘g‘an.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.