Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 759 taga yetdi

Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 759 taga yetdi
Foto: «RIA Novosti»
Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 759 kishiga yetdi, deb xabar beradi Tengrinews.
9 aprel tongida yana 32 kishida COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlangan: Oqmo‘la viloyatida —13, Olmaotada —1, Qizilo‘rda viloyatida — 7, G‘arbiy-Qozog‘iston viloyatida —2, Atirau viloyatida —3, Qarag‘anda viloyatida —2, Chimkentda — 4 kishi;

Ayni vaqtda COVID-19 holatlari mamlakatning quyidagi hududlarida qayd etildi:
Nur-Sulton — 223;
Olmaota — 120;
Qizilo‘rda viloyati — 92;
Atirau viloyati —39;
Qarag‘anda viloyati — 57;
Oqmo‘la viloyati — 56;
Olmaota viloyati — 10;
Turkiston viloyati — 34;
Jambil viloyati — 45;
Oqto‘be viloyati — 11;
Shimoliy Qozog‘iston viloyati — 25;
Chimkent — 27;
Sharqiy Qozog‘iston viloyati — 6;
G‘arbiy Qozog‘iston viloyati — 4;
Pavlodar viloyati — 1;
Ko‘stanay viloyati — 3;
Mang‘istov viloyati — 6 ta holat.
Avvalroq Qozog‘istonda tibbiyot xodimlarining 120 nafari koronavirus yuqtirib olgani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, hozirga qadar Qozog‘istonda koronavirus oqibatida besh kishi vafot etgan. 26 mart kuni Nur-Sultonda 64 yoshli ayol, 31 mart kuni 50 yoshli erkak, 1 aprel kuni Qarag‘andada 62 yoshli erkak. 4 aprel kuni Turkiston va Oqmo‘la viloyatlarida ikki kishi vafot etgani ma’lum bo‘ldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.