Rossiyada koronavirus sabab oziq-ovqat mahsulotlari narxi o‘rtacha 5-15 foizga qimmatlashdi

Foto: «RBK»
Rossiyada katta savdo tarmoqlarining yetkazib beruvchilari oziq-ovqat mahsulotlarining narxini o‘rtacha 5 foizdan 15 foizgacha oshirgan. Bu haqda Chakana savdo kompaniyalari assotsiatsiyasi (AKORT) ma’lumotiga tayanib, «RBK» xabar berdi.
«Reteylerlarning alohida yetkazib beruvchilari narxlarning 20, 30 va 50 foizgacha qimmatlashishi haqida ogohlantirmoqda», — deyiladi xabarda. Assotsiatsiya vakillari ushbu vaziyatni mart oxiri va aprel boshida kuzatilyotganligiga rubl kursining keskin tushgani sabab ekanini bildirgan.
Shuningdek, aholining xarid qobiliyatiga koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha ko‘rilgan cheklov choralari ham ta’sir qilmoqda, taqiqlar tufayli kichik va o‘rta biznes korxonalari yopilgan.
Avval aprel boshida Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin mahsulotlar, jumladan, dori-darmon va boshqa kerakli tovarlar narxini «muzlatish» taklifini qo‘llab-quvvatlagandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Rossiyada katta savdo tarmoqlarining yetkazib beruvchilari oziq-ovqat mahsulotlarining narxini o‘rtacha 5 foizdan 15 foizgacha oshirgan. Bu haqda Chakana savdo kompaniyalari assotsiatsiyasi (AKORT) ma’lumotiga tayanib, «RBK» xabar berdi.
«Reteylerlarning alohida yetkazib beruvchilari narxlarning 20, 30 va 50 foizgacha qimmatlashishi haqida ogohlantirmoqda», — deyiladi xabarda. Assotsiatsiya vakillari ushbu vaziyatni mart oxiri va aprel boshida kuzatilyotganligiga rubl kursining keskin tushgani sabab ekanini bildirgan.
Shuningdek, aholining xarid qobiliyatiga koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha ko‘rilgan cheklov choralari ham ta’sir qilmoqda, taqiqlar tufayli kichik va o‘rta biznes korxonalari yopilgan.
Avval aprel boshida Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin mahsulotlar, jumladan, dori-darmon va boshqa kerakli tovarlar narxini «muzlatish» taklifini qo‘llab-quvvatlagandi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













