Zelenskiy idorasida infeksiya tarqaldi. Prezident koronavirusni o‘ziga yuqtirmoqchi bo‘lgandi

Foto: «M.123ru.net»
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy idorasida koronavirus infeksiyasi tarqalishi qayd etildi. Bu haqda «Strana.ua» xabar bergan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Zelenskiyning maslahatchisi Ruslan Demchenko va vaqtincha egallangan hududlarni reintegratsiyalash vaziri Aleksey Reznikov koronavirusni yuqtirib olishdi. Ular yaqinda muzokaralar uchun Parijga borib, Fransiya rahbarining tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi Emmanuel Bonn bilan uchrashishgandi.
«Ikkalasining ham tashxisi kecha oqshom aniq bo‘lgan», — deb yozadi nashr.
Avvalroq Zelenskiy infeksiya «o‘lat emas»ligini o‘z misolida boshqalarga ko‘rsatish uchun koronavirusni ataylab yuqtirmoqchi bo‘lganini tan oldi. Kuni kecha prezidentning rafiqasi Yelena Zelenskaya koronavirusga chalinganini xabar bergandik.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy idorasida koronavirus infeksiyasi tarqalishi qayd etildi. Bu haqda «Strana.ua» xabar bergan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Zelenskiyning maslahatchisi Ruslan Demchenko va vaqtincha egallangan hududlarni reintegratsiyalash vaziri Aleksey Reznikov koronavirusni yuqtirib olishdi. Ular yaqinda muzokaralar uchun Parijga borib, Fransiya rahbarining tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi Emmanuel Bonn bilan uchrashishgandi.
«Ikkalasining ham tashxisi kecha oqshom aniq bo‘lgan», — deb yozadi nashr.
Avvalroq Zelenskiy infeksiya «o‘lat emas»ligini o‘z misolida boshqalarga ko‘rsatish uchun koronavirusni ataylab yuqtirmoqchi bo‘lganini tan oldi. Kuni kecha prezidentning rafiqasi Yelena Zelenskaya koronavirusga chalinganini xabar bergandik.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













