Ana xolos: olimlar cheklov choralari bo‘lmasa, koronavirusni yengish mumkinligini aytishmoqda

Ana xolos: olimlar cheklov choralari bo‘lmasa, koronavirusni yengish mumkinligini aytishmoqda
Foto: «Yasemin.com»
Aholi vaksinatsiya qilinganda yoki COVID-19 bilan kasallanish darajasi 43 foizni tashkil etganda jamoaviy immunitet hosil bo‘lishi va koronavirusni yengishi mumkin. Nottingem va Stokgolm universitetlarining matematik olimlari shunday xulosaga kelishgan, deb yozadi «Science» jurnali.

Jamoaviy immunitet darajasi virusni yuqtirmaydigan aholi qismi bilan belgilanadi. Tadqiqotchilar jamoaviy immunitet rivojlanishini baholashda o‘ziga xos matematik usuldan foydalanishgan.

Nottingem universiteti professori Frenk Bollning so‘zlariga ko‘ra, jamiyat qancha faol bo‘lsa, jamoaviy immunitet shuncha tez shakllanadi va infeksiya ustidan g‘alaba qozonadi. Maqolada ta’kidlanishicha, cheklov choralari bo‘lmasa, kerakli natijaga erishish mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.