Koronavirus quloqdan ham yuqishi mumkinligi aniqlandi

Koronavirus quloqdan ham yuqishi mumkinligi aniqlandi
Jon Xopkins tibbiyot maktabining mutaxassislari COVID-19 virusi nafaqat burun va tomoqqa, balki quloq va bosh suyagining mastoid qismiga ham yuqishi mumkinligini aniqladilar. Tegishli tadqiqot Amerika tibbiyot uyushmasining JAMA Otolaryngology - Head and Neck Surgery jurnalida chop etilgan.

Olimlar koronavirusdan vafot etgan uchta bemorni - 60 yoshli erkak va ayol hamda 80 yoshli ayolni tahlil qilishgan. Ayollardan birida virus o‘ng quloqda, erkakda - ikkala quloqda, chap va o‘ng mastoidlarida aniqlandi.

Tadqiqot uchun atigi uchta bemorni o‘rganish juda oz bo‘lishiga qaramay, natijalar shuni ko‘rsatadiki, quloqdagi muammolar, shu jumladan eshitish qobiliyatining yo‘qolishi COVID-19 belgisi bo‘lishi mumkin, deyiladi jurnalda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.