“Novavax” kompaniyasi “Covid-19”ga qarshi vaksina bo‘yicha ikki muvaffaqiyatli tadqiqot natijalarini e’lon qildi

“Novavax” kompaniyasi “Covid-19”ga qarshi vaksina bo‘yicha ikki muvaffaqiyatli tadqiqot natijalarini e’lon qildi
Illustrativ surat
AQSHning “Novavax” kompaniyasi koronavirusga qarshi samara berishi kutilayotgan vaksina ustida olib borilgan ikki muvaffaqiyatli tadqiqot natijasini e’lon qildi.

Birinchi tadqiqot natijalari 56 nafar ko‘ngillida xavfli yon ta’sirlarsiz virusga qarshi antitanachalarning yuqori miqdorini ko‘rsatgan.
Ikkinchi tajribada esa vaksinaning koronavirus infeksiyasidan himoya qila olishi aniqlangan.

“Novavax” AQSH federal hukumatidan vaksina yaratish uchun 1,6 milliard dollar olgan. Ammo kompaniya vaksinani qachon ommaviy ishlab chiqarishni boshlashini ma’lum qilmagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.