Xitoy o‘zining koronavirusga qarshi vaksinasining "sirlari"ni oshkor qildi

Xitoy o‘zining koronavirusga qarshi vaksinasining "sirlari"ni oshkor qildi
Xitoylik mutaxassislar yaratgan koronavirusga qarshi vaksina bitta in’eksiyasidan keyin yarim oy ichida \"Covid-19\"dan himoya qilish uchun zarur immunitetni ishlab chiqadi.

Bu haqda mahalliy \"Sinopharm\" davlat farmatsevtika korporatsiyasi direktorlar kengashi raisi Lyu Szinchjen aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda \"Chjungo van​\" nashri.

Uning ta’kidlashicha, bitta in’eksiya 97 foiz himoya kafolatini beradi. Antitanachalar sekin ishlab chiqaradi va oddiy holatda, yarim oy davomida \"Covid-19\"ga qarshilik ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan darajaga yetadi. Ikkita in’eksiya to‘liq himoyani kafolatlaydi. Birinchi va ikkinchi in’eksiya oralig‘i 28 kunni tashkil etadi.

Ikkita in’eksiya 1000 yuanni tashkil qiladi. Bu O‘zbekiston valyutasida 1 485 520 so‘mga tengdir.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.