Neft qimmatlashdi va yana qimmatlashadi

Neft qimmatlashdi va yana qimmatlashadi
Foto: «Oilexp.ru»
Brent markali neft narxi 2020 yilning 25 fevralidan beri navbatdagi rekordni qayd etdi — bir barreli 56 dollardan qimmatlashdi. Mart oyi fyucherslari savdosida eng yuqori 56,06 dollarlik ko‘rsatkich qayd etildi. Narx o‘sishi o‘rtacha 2,81 foizni tashkil etdi.

WTI markali neft qiymati 2,75 foizga qimmatlab, bir barreli 52,23 dollarga yetgan.

Neft narxini qimmatlashtirgan ikki asosiy sabab: OPЕK+ mamlakatlari qarori ortidan neft qazib olish istiqbollari oshishi hamda qora oltinga talab ko‘payishi haqidagi optimistik bashoratlar. Ekspertlar hafta yakunida neft narxi oshishi 6-7 foizga chiqishini ham istisno qilishmayapti.

5 yanvar kuni OPЕK+ majlisida kelgusi ikki oy uchun bitimlar hajmiga aniqlik kiritib olingan. Unga ko‘ra, Rossiya va Qozog‘iston neft ko‘proq chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ldi, Saudiya Arabistoni esa, aksincha, neft chiqarishni qisqartiradi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.