Niderlandiyada Osiyoning eng yirik og‘ufurushlaridan biri qo‘lga olindi

Niderlandiyada Osiyoning eng yirik og‘ufurushlaridan biri qo‘lga olindi
Ta’kidlanishicha, Kanadaning kelib chiqishi xitoylik bo‘lgan fuqarosi Se Chi Lopni ikki yillik qidiruvdan keyin ushlashga muvaffaq bo‘lingan. Uni qo‘lga olishda Interpol ham ishtirok etgan.

“Osiyolik El Chapo” metamfetamin giyohvand moddasining dunyodagi eng yirik savdogarlaridan biri hisoblangan. U boshchilik qiladigan “Sem Gor” yoki “Kompaniya” nomi bilan ham ma’lum bo‘lgan xalqaro jinoiy sindikat orqali Avstraliyaga giyohvand moddalarning 70 foizi yetkazilgan.
Niderlandiyada Osiyoning eng yirik og‘ufurushlaridan biri qo‘lga olindi
Foto: Daily Mail
Jurnalistlarning ta’kidlashicha, Chi Lop laboratoriyalarda ishlab chiqiluvchi giyohvand moddalarni tarqatish bilan shug‘ullanuvchi Xitoy mafiyasining bir necha bo‘limiga boshchilik qilgan.

BMTning giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, jinoiy faoliyat Chi Lopga yiliga 10 mlrd dollardan 23 mlrd dollargacha daromad keltirgan.

Og‘ufurush ortidan 20ga yaqin davlat, jumladan AQSH, Kanada, Myanma, Xitoy, Tailand va Yaponiya huquq-tartibot idoralari ko‘p yillik “ov” olib borgan.

Bugungi kungacha og‘ufurushning qayerdaligini aniqlashning iloji bo‘lmagan – u bir guruh kikbokschi tansoqchilar hamrohligida yashirinib yurishga muvaffaq bo‘lib kelgan. Biroq shu bilan birga, u ba’zida dabdabali bazmlar uyushtirib turgan. Ta’kidlanishicha, og‘ufurush Makaodagi kazinolardan birida bir kecha davomida 85 mln dollar yutqazgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.