Megan Markl va shahzoda Garri talabalarga syurpriz uyushtirib, ularning onlayn mashg‘ulotida paydo bo‘ldi

Megan Markl va shahzoda Garri talabalarga syurpriz uyushtirib, ularning onlayn mashg‘ulotida paydo bo‘ldi
Foto: Harper’s Bazaar
Megan Markl va shahzoda Garri Get Lit she’riyat kursi talabalarining Zoom orqali bo‘lib o‘tayotgan onlayn darsida kutilmagan tarzda paydo bo‘lib ishtirokchilarni hayron qoldirdi. Bu haqda kursning Instagram sahifasida ma’lum qilingan, deb yozadi Harper’s Bazaar.

Juftlik Afroamerika tarixi oyligi doirasida o‘tkazilayotgan, jamiyatdagi qullik va irqchilikka qarshi kurashishga qaratilgan onlayn mashg‘ulotga virtual tarzda tashrif buyurgan. Markl sevimli she’rini aytib bergan, Garri esa she’riyatga bo‘lgan qiziqishini ifoda qilgan.
Megan Markl va shahzoda Garri talabalarga syurpriz uyushtirib, ularning onlayn mashg‘ulotida paydo bo‘ldi
Foto: Harper’s Bazaar
Get Lit’ning Instagram sahifasiga joylangan kadrlarda qirollik oilasi vakillarining kayfiyati chog‘ ekanini ko‘rish mumkin. Kursning akkauntiga joylangan surat tagiga ushbu hodisa Get Lit tarixida qolishi yozib qoldirilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.