Ginnes rekordi: dunyodagi eng qimmat cho‘pon it sotildi

Foto: «UPI»
Uelsning Dolgellau shahrida border-kolli zotli bir yoshli it Ginnesning rekordlar kitobiga dunyodagi eng qimmat ovcharka sifatida kiritildi. Bu haqda UPI xabar berdi.
Ginnesning rekordlar kitobi vakillari Kim laqabli border-kolli kim oshdi savdosida 38,8 ming dollarga (taxminan 408 million so‘m) sotilganligini qayd etishdi. It Farmers Marts kim oshdi savdosi uyi tomonidan tashkil etilgan onlayn-auksionda sotuvga qo‘yilgan.
Oldingi rekord Xenna laqabli ovcharkaga tegishli bo‘lib, u 2020 yil oktabr oyida 26 ming dollarga (taxminan 237 million so‘m) sotilgan.
Kim narxining yuqoriligi kim oshdi savdosi itning birinchi tug‘ilgan kuni arafasida o‘tkazilgani bilan izohlanmoqda.
Kimni boqib katta qilgan fermer Dyul Jenkins uning intellekti uch yoshli ovcharkaning darajasiga yetganligini aytmoqda.
«U hamma ishni bajaradi: mol va qo‘ylarni boqadi, fermada ishlashga va har qanday sinovlarga tayyor», — dedi Jenkins.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Uelsning Dolgellau shahrida border-kolli zotli bir yoshli it Ginnesning rekordlar kitobiga dunyodagi eng qimmat ovcharka sifatida kiritildi. Bu haqda UPI xabar berdi.
Ginnesning rekordlar kitobi vakillari Kim laqabli border-kolli kim oshdi savdosida 38,8 ming dollarga (taxminan 408 million so‘m) sotilganligini qayd etishdi. It Farmers Marts kim oshdi savdosi uyi tomonidan tashkil etilgan onlayn-auksionda sotuvga qo‘yilgan.
Oldingi rekord Xenna laqabli ovcharkaga tegishli bo‘lib, u 2020 yil oktabr oyida 26 ming dollarga (taxminan 237 million so‘m) sotilgan.
Kim narxining yuqoriligi kim oshdi savdosi itning birinchi tug‘ilgan kuni arafasida o‘tkazilgani bilan izohlanmoqda.
Kimni boqib katta qilgan fermer Dyul Jenkins uning intellekti uch yoshli ovcharkaning darajasiga yetganligini aytmoqda.
«U hamma ishni bajaradi: mol va qo‘ylarni boqadi, fermada ishlashga va har qanday sinovlarga tayyor», — dedi Jenkins.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













