Sovuqdan hatto Niagara sharsharasi muzlab qoldi (video)

Sovuqdan hatto Niagara sharsharasi muzlab qoldi (video)
Foto: «Unian.net»
Anomal sovuq tufayli Niagara sharsharasi deyarli butunlay muzlab qoldi. Ushbu tabiiy hodisaning videosini «The Sun» nashri o‘z sahifalariga joyladi.

Nyu-Yorkda termometr ustuni minus 19 darajaga tushib ketdi, natijada Niagara sharsharasi muz bilan qoplandi. Bundan xabar topgan minglab sayyohlar ushbu noyob hodisani tomosha qilishga oshiqmoqda.

Qayd etilishicha, keskin sovuq tushishi va qorli bo‘ron tufayli millionlab amerikaliklar elektr va suvsiz qolishgan. Oklaxoma va Luiziana shtatlarida favqulodda holat e’lon qilindi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.