Arktikada halokatli iqlim o‘zgarishi aniqlandi

AQSH olimlari so‘nggi yigirma yil ichida Shimoliy muz okeanidagi chuchuk suv miqdori 40 foizga oshganligini aniqladilar. Atlantika okeaniga chuchuk suvning kirib kelishi global iqlimga katastrofik ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Olimlarning fikriga ko‘ra, toza suvning to‘planishi Arktika muzlarining erishiga salbiy ta’sir etadi.
Hozirgi vaqtda toza suvni Bofort dengizidagi shamollar ushlab turibdi. Bu holat o‘ziga xos suv gumbazini hosil qiladi. Agar shamollar kamayib ketsa, toza suv shimoliy Atlantika, shu jumladan Labrador dengiziga kirib boradi. Bu Atlantika okeanidagi katta okean oqimlariga, shuningdek sovuq va iliq suvlarning harakatiga ta’sir qiladi.
Hozirgi kunda Bofort dengizidagi toza suv hajmi avvalgi vaqtdan ikki baravar ko‘p miqdorni tashkil qilmoqda. Bunday chuchuk suvning Atlantika okeaniga aniq ta’sirini taxmin qilish mumkin emasligiga qaramay, olimlar bu butun Shimoliy yarim sharning iqlimiga jiddiy ta’sir qiladi deb hisoblashmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Hozirgi vaqtda toza suvni Bofort dengizidagi shamollar ushlab turibdi. Bu holat o‘ziga xos suv gumbazini hosil qiladi. Agar shamollar kamayib ketsa, toza suv shimoliy Atlantika, shu jumladan Labrador dengiziga kirib boradi. Bu Atlantika okeanidagi katta okean oqimlariga, shuningdek sovuq va iliq suvlarning harakatiga ta’sir qiladi.
Hozirgi kunda Bofort dengizidagi toza suv hajmi avvalgi vaqtdan ikki baravar ko‘p miqdorni tashkil qilmoqda. Bunday chuchuk suvning Atlantika okeaniga aniq ta’sirini taxmin qilish mumkin emasligiga qaramay, olimlar bu butun Shimoliy yarim sharning iqlimiga jiddiy ta’sir qiladi deb hisoblashmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













