Istanbulda Erdo‘g‘an va Zelenskiy uchrashuvi boshlandi

Istanbulda Erdo‘g‘an va Zelenskiy uchrashuvi boshlandi
Foto: tccb.gov.tr
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Bu haqda Turkiya prezidentining devonxonasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, uchrashuv Huber saroyida bo‘lib o‘tmoqda. Devonxonaning ma’lumot berishicha, tomonlar Turkiya-Ukraina munosabatlari hamda strategik hamkorlik darajasini qayta ko‘rib chiqish niyatida.

Bundan tashqari, uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilinadi. Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro masalalar muhokama qilinadi.

Zelenskiy Istanbulga Turkiya va Ukraina o‘rtasidagi yuqori darajali strategik kengash yig‘ilishida ishtirok etish uchun tashrif buyurgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.