Yelizaveta II: Bugun Buyuk Britaniya qirolichasi 95 yoshini nishonladi (foto)

Yelizaveta II: Bugun Buyuk Britaniya qirolichasi 95 yoshini nishonladi (foto)
Yelizaveta II bayram tortini shamshir bilan kesmoqda.
Foto: «Getty Images»

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II 95 yoshga to‘lgani 12-iyun kuni rasman bayram qilindi. Monarxning tavallud kuni an’anaviy tarzda iyun oyining ikkinchi shanbasida nishonlanadi. Barcha bayram tadbirlari ijtimoiy masofani saqlangan holda o‘tkazilgan.
\"\"
Foto: «Twitter»
\"\"
Foto: «Twitter»
Rasmiy marosim koronavirus sababli qirolicha o‘tgan yilning noyabr oyidan beri yashab kelayotgan Vindzor qasridagi paraddan boshlandi. Marosimda qirolichaga uning amakivachchasi — Kent gersogi, shahzoda Edvard hamrohlik qilgan.
\"\"
G7-sammiti ishtirokchi-rahbarlari eng keksa monarxni bayram bilan tabriklashdi. Foto: «Twitter»
2022-yilning 2-iyunida qirolicha Yelizaveta II tug‘ilgan kuniga qo‘shib, taxtga o‘tirganining 70 yillik yubileyini ham nishonlaydi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.