Kreml Navalniyni AQSHga berish shartini aytdi

Kreml Navalniyni AQSHga berish shartini aytdi
Foto: Reuters
Rossiya muxolifatchi Aleksey Navalniyni uning Amerika fuqarosi ekanligi va maxsus xizmatlarga ishlashi aniqlangan taqdirda AQSHga berishi mumkin. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov «Exo Moskvi» radiosi efirida aytdi.

«Agarda amerikaliklar u Qo‘shma Shtatlar fuqarosi ekanligini va maxsus xizmatlarga ishlashini rasman tasdiqlashsagina. Boshqachasiga hech qachon», — dedi Peskov.

Peskovning qayd etishicha, Navalniy masalasi Vladimir Putin va Jo Bayden o‘rtasida bo‘lib o‘tgan tor doiradagi uchrashuvda ko‘tarilgan.

«Mavzu ko‘tarildi, u AQSH prezidenti tomonidan ilgari surildi. Rossiya prezidenti bunga javob qaytardi», — deya qo‘shimcha qildi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv vaqtida Navalniyni AQSHga berish yoki kimgadir almashtirish imkoniyati muhokama qilinmagan.
Rossiya prezidenti sammitdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida ham jurnalistlarning Navalniy borasida bergan savollariga javob qaytardi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.