Avstraliya tashqi ishlar vaziri Putinni jahldor smaylik bilan tavsifladi

Avstraliya tashqi ishlar vaziri Putinni jahldor smaylik bilan tavsifladi
Avstraliya tashqi ishlar vaziri Putinni jahldor smaylik bilan tavsifladi

Avstraliya tashqi ishlar vaziri Juliya Bishop smayliklar orqali intervyu berdi, deb yozadi Meduza. Rossiya prezidenti Vladimir Putinni qanday tavsiflashi haqidagi savolga u jahldor smaylik bilan javob berdi.

Intervyuda Avstraliya TIV rahbari shuningdek, o‘z davlatining AQSh, Indoneziya va Xitoy bilan aloqalari haqida gapirib berdi va o‘z xobbisi haqidagi savollarga javob berdi.

Avstraliya tashqi ishlar vaziri o‘z fikrini bildirishda smayliklardan foydalanishni xush ko‘radi. U Buzzfeed nashriga birinchi marta smayliklardan foydalangan holda siyosiy intervyu berdi.

Manba: www.daryo.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.