Indoneziyalik erkak guruch qaynatgichga «uylandi»

Indoneziyalik erkak guruch qaynatgichga «uylandi»
Foto: Facebook / @anam.distro
Indoneziyada Zoyrul Anam ismli erkak o‘zining guruch qaynatgichiga «uylandi». Elektr qurilmasi bilan bo‘lib o‘tgan to‘y marosimining suratlarini u Facebook’dagi sahifasiga joylashtirgan, deb xabar beradi «Korrespondent.net».

Suratlardan ko‘rish mumkinki, guruch qaynatgich kelinning yopinchig‘i bilan bezatilgan, kuyov esa bayramona kiyimda to‘y hujjatlarini imzolagan.

Anamning ta’kidlashicha, uning jufti «to‘g‘ri so‘z, itoatkor, suyukli va yaxshi ovqat tayyorlaydi».
Indoneziyalik erkak guruch qaynatgichga «uylandi»
Foto: Facebook / @anam.distro
Ammo «to‘y»dan to‘rt kun o‘tib erkak ajrashishga qaror qilgan. Anam o‘zining bu kabi qarorini «suyuklisi» faqat guruch tayyorlay olishi bilan izohlagan.
Indoneziyalik erkak guruch qaynatgichga «uylandi»
Foto: Facebook / @anam.distro
Indoneziyalik erkak guruch qaynatgichga «uylandi»
Foto: Facebook / @anam.distro
NDTV’ning yozishicha, Anam — Indoneziyada o‘zining noodatiy chiqishlari bilan tanilgan bo‘lib, «to‘y» obunachilarining ko‘nglini ko‘tarish uchun yana bir bahona bo‘lgan xolos. Internetda tarqalgan suratlarga ko‘ra, u buning uddasidan chiqqan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.