Gruziya prezidenti Saakashvilini hech qachon afv etmasligini aytdi

Gruziya prezidenti Saakashvilini hech qachon afv etmasligini aytdi
Foto: EPA
Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili sobiq prezident Mixail Saakashvilini hech qachon afv etmasligini aytdi.
\"Sobiq prezidentni afv etish borasida mening pozitsiyam aniq va o‘zgarmaydi – yo‘q va hech qachon. Bu masalaga boshqa qaytmayman\", - dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Saakashvili siyosiy mahbus hisoblanmaydi. \"Sobiq prezident na siyosiy mahbus, na begunoh qurbon talabiga javob beradi. U mamlakatga o‘z ixtiyori va noqonuniy yo‘l bilan kelgan. Uning kelishdan maqsadi beqarorlik chiqarish bo‘lgan\", - dedi Zurabishvili.

Ayni vaqtda Saakashvili Rustavi shahridagi qamoqxonada ushlab turilibdi. U Gruziyaga qaytgandan keyin 1 oktabrda hibsga olingandi. O‘shandan beri sobiq prezident hibsga olinishiga norozilik sifatida ochlikni davom ettirmoqda.

Saakashvili vatanida bir qator jinoiy ishlar bo‘yicha maksimal 6 yillik qamoq jazosiga mahkum qilingan. 20 oktabrda unga yana bir ayblov – Gruziya chegarasini noqonuniy kesib o‘tish ayblovi bildirilgan.

Siyosatchi ayni vaqtda Ukraina fuqarosi hisoblanadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.