Kanadada ko‘l yuzasini g‘aroyib muzli sharchalar qopladi (video)

Kanadada ko‘l yuzasini g‘aroyib muzli sharchalar qopladi (video)
Foto: Peter Hofbauer
Kanadaning Manitoba ko‘lida noyob tabiat hodisasi ro‘y berdi, ko‘l yuzasini muzli sharchalar qoplab oldi, deb yozmoqda CBC.

Odatda tekis bo‘lib muzlaydigan yuzaga endi xuddi shag‘al va toshlar to‘kilganga o‘xshab qolgan.

Glasiolog Jeff Kavanoning tushuntirishicha, shamol muzlayotgan suvni «surib», yirik tomchilarni yumalatib ketishi natijasida shunday shakl hosil bo‘lgan. Mazkur hodisa havo haroratining tez pasayishi, yuzasi ochiq suv va ma’lum bir tezlikdagi shamol kombinatsiyasi ta’sirida ro‘y beradi.
Kanadada ko‘l yuzasini g‘aroyib muzli sharchalar qopladi (video)
Foto: Peter Hofbauer
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.