Ukrainaga AQSHdan yana 84 tonna harbiy yordam yetkazib berildi

Ukrainaga AQSHdan yana 84 tonna harbiy yordam yetkazib berildi
Foto: Reuters
Bortida AQSHning 84 tonna harbiy yordami bo‘lgan beshinchi samolyot Kiyevga yetib keldi, yaqin kunlarda yana bir samolyotning kelishi kutilmoqda. Bu haqda Ukraina Mudofaa vaziri Aleksey Reznikov ma’lum qildi.

28 yanvar kuni Kiyevga AQSH harbiy yordamining to‘rtinchi partiyasi yetkazilgandi.

«Beshinchi qushcha Kivevda! Yana 84 tonna turli xildagi kalibrli o‘q-dorilar! Yaqin kunlarda amerikalik do‘stlarimizdan mudofaa qurollarining yana bir partiyasini kutyapmiz!» – deb yozgan vazir Facebook’da.

Yanvar oyining ikkinchi yarmida AQSH va Buyuk Britaniyaning yuk tashuvchi samolyotlari qurol va harbiy texnika yetkazib berish uchun Ukrainaga 15 ga yaqin parvozni amalga oshirdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.