Ukraina va Rossiya muzokaralari boshlandi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Belarusning Ukraina bilan chegarasi yaqinida joylashgan Gomel viloyatida, Pripyat daryosi boʻyidagi qarorgohda Rossiya va Ukraina delegatsiyalari oʻrtasida muzokaralar boshlandi.
Moskva delegatsiyasiga prezident yordamchisi, Rossiya sobiq madaniyat vaziri Vladimir Medinskiy boshchilik qilmoqda. Shuningdek, uning tarkibidan Tashqi ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi va prezident ma'muriyati vakillari oʻrin olgan.
Ukraina delegatsiyasi tarkibida esa «Xalq xizmatkori» partiyasi fraktsiyasi rahbari David Araxamiya, Ukraina mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov va Ukraina prezidenti ofisi rahbarining maslahatchisi Mixail Podolyaklar bor.
Zelenskiy ofisining axborotiga koʻra, muzokaralarning asosiy masalasi «zudlik bilan oʻt ochishni toʻxtatish va Rossiya qoʻshinlarini Ukraina hududidan olib chiqib ketish»dir.
«Mojaro davom etayotgan har soatda Ukraina fuqarolari, ukrainalik askarlar halok boʻlayotgani sababli, biz, albatta, imkon qadar tezroq birorta kelishuvga erishishdan manfaatdormiz. Bu kelishuvlar, shubhasiz, har ikki tomon manfaatlariga mos kelishi kerak», — dedi Medinskiy.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Belarusning Ukraina bilan chegarasi yaqinida joylashgan Gomel viloyatida, Pripyat daryosi boʻyidagi qarorgohda Rossiya va Ukraina delegatsiyalari oʻrtasida muzokaralar boshlandi.
Moskva delegatsiyasiga prezident yordamchisi, Rossiya sobiq madaniyat vaziri Vladimir Medinskiy boshchilik qilmoqda. Shuningdek, uning tarkibidan Tashqi ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi va prezident ma'muriyati vakillari oʻrin olgan.
Ukraina delegatsiyasi tarkibida esa «Xalq xizmatkori» partiyasi fraktsiyasi rahbari David Araxamiya, Ukraina mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov va Ukraina prezidenti ofisi rahbarining maslahatchisi Mixail Podolyaklar bor.
Zelenskiy ofisining axborotiga koʻra, muzokaralarning asosiy masalasi «zudlik bilan oʻt ochishni toʻxtatish va Rossiya qoʻshinlarini Ukraina hududidan olib chiqib ketish»dir.
«Mojaro davom etayotgan har soatda Ukraina fuqarolari, ukrainalik askarlar halok boʻlayotgani sababli, biz, albatta, imkon qadar tezroq birorta kelishuvga erishishdan manfaatdormiz. Bu kelishuvlar, shubhasiz, har ikki tomon manfaatlariga mos kelishi kerak», — dedi Medinskiy.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













