Zelenskiy Ukrainadan qochib ketganini rad etdi

Foto: Reuters
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyevdan hech qayerga ketmaganini ma’lum qildi. Oldinroq Ukraina yetakchisi, Rossiya Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin qochib ketgani haqida gapirgandi.
«Har ikki kunda bir meni Ukrainada, Kiyevda, ofisimdan qochib ketganim to‘g‘risida ma’lumotlar paydo bo‘lmoqda. Men o‘z joyimdaman… Hech kim hech qayerga qochib ketmadi», — deydi Zelenskiy videomurojaatida.
U, shuningdek, prezident ofisining rahbari Andrey Yermak ham Kiyevda ekanini ta’kidlagan. «Biz yugurishni yaxshi ko‘ramiz, lekin hozir turli kardio mashg‘ulotlarga vaqt yo‘q», — deya qo‘shimcha qiladi davlat rahbari.
Volodin Ukraina Oliy radasi deputatlariga tayanib, Zelenskiy Polshaga qochib ketganini ma’lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, deputatlar Lvovda prezident qabuliga kira olmagan. Oliy rada esa buni rad etmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyevdan hech qayerga ketmaganini ma’lum qildi. Oldinroq Ukraina yetakchisi, Rossiya Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin qochib ketgani haqida gapirgandi.
«Har ikki kunda bir meni Ukrainada, Kiyevda, ofisimdan qochib ketganim to‘g‘risida ma’lumotlar paydo bo‘lmoqda. Men o‘z joyimdaman… Hech kim hech qayerga qochib ketmadi», — deydi Zelenskiy videomurojaatida.
U, shuningdek, prezident ofisining rahbari Andrey Yermak ham Kiyevda ekanini ta’kidlagan. «Biz yugurishni yaxshi ko‘ramiz, lekin hozir turli kardio mashg‘ulotlarga vaqt yo‘q», — deya qo‘shimcha qiladi davlat rahbari.
Volodin Ukraina Oliy radasi deputatlariga tayanib, Zelenskiy Polshaga qochib ketganini ma’lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, deputatlar Lvovda prezident qabuliga kira olmagan. Oliy rada esa buni rad etmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













