Polshalik qiz yangi «Dunyo goʻzali»ga aylandi

Polshalik qiz yangi «Dunyo goʻzali»ga aylandi
Polshalik Karolina Belyavska yangi «Dunyo goʻzali»ga aylandi.

Qiz ayni damda menejment boʻyicha magistraturada oʻqiydi. Kelajakda u nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, gʻolib koʻngilli boʻlib ham faoliyat yuritadi, uysizlarga yordam beradi, model sifatida ishlaydi.

Ikkinchi oʻrinni AQSh vakili Shri Saini, uchinchi oʻrinni Kot-d`Ivuar fuqarosi Oliviya Yache egalladi.

Taqdirlash marosimi Puerto-Rikoda boʻlib oʻtdi. Xalqaro goʻzallik tanlovida birinchi marta turli mamlakatlardan, jumladan Iroq va Somalidan jami 97 nafar qiz ishtirok etdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.