Mariupol meri: 5 ming kishi halok bo‘ldi, 170 ming aholi qamalda

Mariupol meri: 5 ming kishi halok bo‘ldi, 170 ming aholi qamalda
Foto: «Twitter»
Ukrainaning Mariupol shahri meri Vadim Boychenko 27 kunlik qamal davrida shahar aholisining 5 ming nafari halok bo‘lganini ta’kidladi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Halok bo‘lgan 5 ming mariupollikning 210 nafari — bolalar.

Mariupolda hozir taxminan 170 ming aholi qolgan. 140 ming aholi qamalga qadar shahardan chiqib ketishga ulgurgan, 150 ming kishi esa blokadadan so‘ng evakuatsiya qilingan, dedi Boychenko.

30 ming kishi Rossiyaga yoki o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Donbass respublikalariga olib ketilgan (Ukraina hukumati buni deportatsiya deb atamoqda, Rossiya esa ular ko‘ngilli ravishda ketganini ta’kidlamoqda).

Mariupoldagi binolarning 90 foiziga shikast yetkan. Aholi yashovchi ko‘p qavatli uylarning hamda xususiy uylarning 40 foizi butkul vayron qilingan.

Yettita shifoxonaga shikast yetkazilgan, shundan uchtasi to‘liq vayron qilingan.
Mariupol meri: 5 ming kishi halok bo‘ldi, 170 ming aholi qamalda
Mariupol — urushgacha.
Foto: «Twitter»

Mariupol meri: 5 ming kishi halok bo‘ldi, 170 ming aholi qamalda
Mariupol — hozir...
Foto: «Twitter»

Harbiy harakatlar ketayotgani bois BBC urushayotgan tomonlar rasmiy shaxslarining bayonotlarini tezkor tekshirish imkoniyatiga ega emasligini qo‘shimcha qildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.