Shveysariya Rossiyaning 8 mlrd dollarlik aktivlarini muzlatdi

Shveysariya Rossiyaning 8 mlrd dollarlik aktivlarini muzlatdi
Shveysariya Rossiyaning 7,5 mlrd shveysar frankiga (8 mlrd dollar) teng miqdordagi aktivlarini muzlatdi. Bu haqda Shveysariya iqtisodiy masalalar bo‘yicha davlat kotibiyati vakili Ervin Bollinjerga tayanib Bloomberg xabar berdi.

Mart oxirlarida Shveysariyada Rossiyaning 5,75 mlrd franklik aktivlari muzlatilgani xabar qilingandi. Ular bank hisobraqamlari, ko‘chmas mulk va san’at asarlarini o‘z ichiga oladi.

Shu bilan birga, SECO aktivlar musodara qilinmagani, balki egalarida qolishini bildirgan.

Bollinjerning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning Shveysariyadagi aktivlari 150–200 mlrd shveysar frankini tashkil etadi. Uning aytishicha, 900 nafarga yaqin rossiyalik sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan, ammo «ularning ozchiligi» Shveysariyada ko‘chmas mulkka ega.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.