Xitoy TIV rasmiy vakili: Xitoy va Tayvan birlashadi

Xitoy TIV rasmiy vakili: Xitoy va Tayvan birlashadi
Chjao Litszyan.
Foto: «Regnum»

XXR tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Chjao Litszyan brifingda bayonot berishicha, materik Xitoyi hamda Tayvan birlashadi.

«Xitoy albatta yagonalashadi. Pekin tinchlik yo‘li bilan birlashish uchun bor imkoniyatni ishga soladi», — ta’kidladi diplomat.

Yaqinda Tayvan (Xitoy Respublikasi)ga AQSHning olti nafar kongressmeni tashrif buyurgandi. Ular orasida Senatning xalqaro munosabatlar qo‘mitasi raisi Bob Menendes va senator Lindsi Grem ham bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, tashrif avvaldan e’lon qilinmagan edi.

XXR TIV Vashington Tayvan bilan barcha rasmiy aloqalarini uzishi shartligini ta’kidladi. Chjao Litszyanning aytishicha, AQSHning xatti-harakatlari «yagona Xitoy» tamoyiliga hamda uchta ikki tomonlama kommyunike qoidalariga ziddir.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.