Putin Rossiya bozorini milliy valyutalardagi hisob-kitobga o‘tkazishni tayyorlashni topshirdi

Putin Rossiya bozorini milliy valyutalardagi hisob-kitobga o‘tkazishni tayyorlashni topshirdi
Rossiya bozorini milliy valyutalardagi hisob-kitoblar ulushining sezilarli o‘sishiga tayyorlash zarur. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin neft va gaz sektoridagi vaziyatga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qildi.

Umuman olganda biz tashqi savdo tizimida milliy valyutalardagi hisob-kitoblarning ulushini tubdan oshirish niyatidamiz. Bu yo‘nalishlardagi muhim qadamlar allaqachon tashlanmoqda, va bu yerdagi asosiy vazifa – har qanday xorijiy valyutani erkin va kerakli hajmda Rossiya rubliga almashtirish mumkin bo‘lishi uchun valyuta bozorimizni bu o‘tishga tayyorlashimiz darkor”, - dedi Rossiya rahbari.

Putin ishonchsiz valyutalardan voz kechish bu Rossiya iqtisodiy xavfsizligi nuqtai nazaridan strategik vazifa ekanini ta’kidladi.Putin Rossiya bozorini milliy valyutalardagi hisob-kitobga o‘tkazishni tayyorlashni topshirdi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Andrey Belousov Rossiya hamkorlari bilan milliy valyuta asosida hisob-kitob qilish tizimini yaratish xususida muzokaralar olib borayotganini ma’lum qilgani xabar qilingan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.