Lavlagi qon bosimiga qanday ta’sir qiladi?

Lavlagi foydali sabzavotlardan biri bo‘lib, u qon aylanishi va yurak faoliyatiga ijobiy ta’siri bilan mashhur. Mutaxassislarning aytishicha, lavlagi tarkibidagi tabiiy nitrat moddasi qon tomirlarini kengaytirishga yordam beradi.
Aynan shu xususiyati sabab lavlagi ayrim insonlarda qon bosimini pasaytirishi mumkin. Tadqiqotlarda lavlagi sharbati iste’moli qon aylanishini yaxshilashi va yurakka tushadigan bosimni kamaytirishi qayd etilgan. Shu bois yuqori qon bosimidan aziyat chekadigan insonlar ratsioniga lavlagi qo‘shib turishi tavsiya etiladi.
Biroq shifokorlar lavlagini haddan ortiq iste’mol qilish hamma uchun to‘g‘ri emasligini aytmoqda. Past qon bosimiga ega insonlarda u holsizlik yoki bosh aylanishini kuchaytirishi mumkin. Shuningdek, buyrak faoliyati bilan bog‘liq muammolari bor insonlar ham ehtiyotkor bo‘lishi kerak.













