Evroosiyo iqtisodiy ittifoqi dollar va evrodan voz kechadi

Evroosiyo iqtisodiy ittifoqi dollar va evrodan voz kechadi
Evroosiyo iqtisodiy ittifoqi dollar va evrodan voz kechadi

Rossiya, Qozog‘iston, Belarus hamda Armaniston ishtirokida tuzilgan Evroosiyo iqtisodiy ittifoqi tashkilotning ichki munosabatlarida dollar va evrodan foydalanmaslikni joriy qilishni ko‘zda tutadigan konsepsiya ishlab chiqmoqda. Bu haqida \"Izvestiya\" nashri xabar bergan.

Bu konsepsiyaga ko‘ra, tashkilot a’zolari o‘rtasidagi naqd pul operasiyalari davlatlarning milliy pul pirliklari - rubl, tenge, belarus rubli hamda dram orqali amalga oshirilishiga o‘tiladi. Rossiyada pul o‘tkazmalarini amalga oshirilish uchun \"Belkart\" va \"Armenian Card\" plastik kartochkalari ham yaratilgan.

Konsepsiya 2030 yilgacha ittifoq hududida aholi orasidagi savdo muomilalarida ham dollar va evroning bekor qilinishiga erishishni rejalashtirgan.

Manba: Kun.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.