McDonald's Yaponiyadagi bo‘limidagi ulushini sotmoqda

McDonald's Yaponiyadagi bo‘limidagi ulushini sotmoqda
McDonald's Yaponiyadagi bo‘limidagi ulushini sotmoqda

AQShning McDonald\'s korporasiyasi o‘zining Yaponiyadagi bo‘limidagi ulushiga xaridor qidirmoqda. Bu haqda \"The Wall Street Journal\" nashriga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.

Nashrning ma’lum qilishicha, korporasiyaning investorlar sotib olishi mumkin bo‘lgan McDonald\'s Holdings (Japan) bo‘limidagi ulushi 33 foizgachani tashkil qiladi. Bu ulushni sotib olishga ariza berish muddati keyingi haftada yakunlanadi.

AQSh korporasiyasiga Yaponiyadagi bo‘limining deyarli yarim aksiyasi tegishli. Uning kapitallashuvi 3,5 mlrd dollarga baholanadi.

Avvalroq McDonald\'s Xitoydagi operasion biznesining 80 foizini Citic va Carlyle Group kompaniyalar konsorsiumiga sotishi ma’lum qilingandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.