Qaysi soha korxonalar soni bo‘yicha yetakchilik qilmoqda?

Qaysi soha korxonalar soni bo‘yicha yetakchilik qilmoqda?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yil 1 may holatiga O‘zbekistonda 580,9 mingta korxona va tashkilot faoliyat ko‘rsatmoqda.

Eng yuqori ko‘rsatkich savdo sohasida qayd etilgan. Ushbu yo‘nalishda 158 ming 483 ta korxona ishlamoqda va bu umumiy korxonalarning qariyb har to‘rtinchisi degani.

Ikkinchi o‘rinda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi turibdi. Bu sohada 127 ming 775 ta subyekt faoliyat yuritmoqda.

Sanoat tarmog‘ida 61 ming 436 ta, yashash va ovqatlanish xizmatlarida 32 ming 266 ta, qurilish sohasida esa 31 ming 489 ta korxona qayd etilgan.

Shuningdek, tashish va saqlash sohasida 18 ming 123 ta, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlarda 14 ming 732 ta, axborot va aloqa yo‘nalishida 12 ming 750 ta tashkilot faoliyat olib bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.