EI elchisi O‘zbekistondagi valyuta siyosatini tanqid qildi

EI elchisi O‘zbekistondagi valyuta siyosatini tanqid qildi
2017 yil 4 may kuni Evropa Ittifoqining O‘zbekistondagi idorasida OAV vakillari ishtirokida press-konferensiya tashkil etildi. Tadbirda EI O‘zbekistondagi delegasiyasi rahbari Eduards Stiprays o‘zining bayonoti bilan ishtirok etdi.
EI elchisi O‘zbekistondagi valyuta siyosatini tanqid qildi
Eduards Stiprays

Anjuman davomida elchi O‘zbekistondagi valyuta siyosatiga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi:
\"O‘zbekistondagi mavjud valyuta siyosati ko‘p hollarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb etishga to‘sqinlik qiladi. Bu hech kimga sir emas. Ayni damda, bu O‘zbekiston hukumati tomonidan hal etilayotgan muhim masalalardan biridir.

2017-2021 yillarda beshta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining harakatlar strategiyasida valyuta tizimini tartibga solish uchun bozor vositalarini joriy etilishi qayd etilgan va bu xorijlik sarmoyadorlar uchun kuchli ishora bo‘lishi mumkin\", - deydi EI delegasiyasi rahbari.

Elchining so‘zlariga ko‘ra, investisiyalar foyda ko‘rishning imkoni yo‘q bo‘lgan erga emas, biznes uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan muhit tomon oshiqadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.