“Samarqand” obligatsiyalari London fond birjasida joylashtirildi

“Samarqand” obligatsiyalari London fond birjasida joylashtirildi
Shu yil 5 dekabrida Xalqaro Moliya Korporatsiyasining (XMK) navbatdagi, milliy valyutada ifodalangan “Samarqand” obligatsiyalari London fond birjasida (London Stock Exchange) joylashtirildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar qildi.

Muddati 1 yil bo‘lgan obligatsiyalarning umumiy qiymati – 123 mlrd. so‘m, foiz stavkasi esa 9,45%ni tashkil etadi.

Obligatsiyalarni joylashtirishdan olingan mablag‘lar “Ipak Yo‘li” AITB banki tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.

Bundan oldin XMK London fond birjasida uch marta - muddati 2 yil, umumiy qiymati 240 mlrd. so‘m bo‘lgan \"Samarqand\" obligatsiyalarni 9,45%-9,5% stavkalari bilan joylashtirgan edi.

Olingan mablag‘lar \"Hamkorbank\" ATB bankining kichik biznes sub’ektlari loyihalarini moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.