“Nestle” qolib ketgan konfetlardan elektr energiyasi ishlab chiqaradi

“Nestle” qolib ketgan konfetlardan elektr energiyasi ishlab chiqaradi
Foto: econet.ru

Buyuk Britaniyaning Faudon shahrida joylashgan “Nestle” qandolat fabrikasi sotilmay qolib ketgan konfetlardan va qandolat mahsulotlari tayyorlash uchun mo‘ljallangan xom ashyo qoldiqlaridan 200 kvt elektr energiyasi ishlab chiqaradigan uskuna o‘rnatdi. Uskuna anaerob achitish texnologiyasiga asoslangan bo‘lib, chiqindilarni bijg‘itish orqali metan gazi olinadi.
Bio-reaktor va energiya oluvchi blok “Clearfleau” kompaniyasi tomonidan qurilgan bo‘lib, ushbu maqsad uchun mablag‘ “Waste & Resources Action Programme” deb nomlangan chiqindilarni utilizasiya qilish dasturi doirasida Britaniya hukumati tomonidan ajratildi.
Yangi uskunada kraxmal qoldiqlari, sotilmay qolgan yoki muddati o‘tib ketgan shokolad va qandolat mahsulotlaridan foydalanilib metan gazi olinadi va gaz elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun yo‘naltiriladi. Bio-reaktor kuniga 200 ming litr xom ashyo va 1200 tonna qoldiqni qayta ishlay oladi.

Manba: Kun.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.