Rasman: AI-80 markali benzin narxi arzonlashdi

Rasman: AI-80 markali benzin narxi arzonlashdi
Joriy yilning 3 may kunidan O‘zbekistonda AI-80 markali benzin narxi arzonladi. Energetika vazirligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, ayni paytda bunday markadagi benzin narxi 1 litri uchun 4000 so‘m sotilmoqda.
Ta’kidlanishicha, prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2020 yilning 4 aprel kuni “Neft-gaz tarmog‘ining moliyaviy barqarorligini oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror imzolangan edi.

Mavzkur qarorga muvofiq 1 maydan e’tiboran AI-80 markali avtomobil benzini va dizel yoqilg‘isi (shu jumladan EKO markali dizel yoqilg‘isi) chakana narxlarini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilindi. Shuningdek, neftni qayta ishlash zavodlari tomonidan AI-80 markali avtomobil benzini va dizel yoqilg‘isi faqat birja savdolari orqali sotilishi belgilab qo‘yildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.