Elektron tijoratni yanada rivojlantirish bo‘yicha hukumatga taklif kiritiladi

Elektron tijoratni yanada rivojlantirish bo‘yicha hukumatga taklif kiritiladi
O‘zbekistonda elektron tijoratni yanada rivojlantirish, rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish mo‘ljallanmoqda.

2020-2021 yillarda iqtisodiyotda tarkibiy islohotlarni tiklash va davom ettirish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»da aytilishicha, tegishli tahliliy-axborot ishlab chiqiladi.

Qayd etilishicha, elektron tijoratni yanada rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash rejalashtirilmoqda.

Bajarish muddati - 2020 yil noyabr, ijro uchun mas’ullar - Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.