O‘zbekiston guruch importini oshirdi

O‘zbekiston guruch importini oshirdi
Foto: Getty Images
Guruch importi hajmi 19,3 ming tonnaga oshgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi. Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston 13 ta xorijiy davlatlardan qiymati 7,2 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 26,9 ming tonna guruch import qilgan.

Qayd etilishicha, guruch importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 19,3 ming tonnaga oshgan.

2021 yilning o‘tgan 10 oyida O‘zbekiston eng ko‘p guruch import qilgan davlatlar quyidagicha:
Qozog‘iston – 26,5 ming tonna;
Pokiston – 223,2 tonna;
Xitoy – 60 tonna;
Hindiston – 23 tonna;
Rossiya – 12 tonna;
Litva – 2 tonna.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.